Soxta kvitansiyalar fosh boʻldi
Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyat boshqarmasi va Oltinsoy tuman boʻlimi tomonidan tumandagi elektr taʼminoti korxonasi hamda tuman pochta aloqa boʻlimi xodimlarining jinoiy harakatlari aniqlandi.
Xususan, tumanning elektr taʼminoti korxonasi mansabdor va maʼsul shaxslari va tuman pochta aloqa boʻlimi xodimlari oʻzaro jinoiy til biriktirib, 2017-yil avgust oyidan 2019-yil may oyiga qadar fuqarolardan elektr toʻlovi uchun deb naqd pullarni yigʻib olishib, ularga pul qabul qilinganligi haqida kvitansiyalar berishgan.
Naqd pullarni esa tegishli tartibda kirim qilmasdan, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishib, oʻzlari tomonidan sodir etilgan jinoyatini yashirish va jinoiy javobgarlikdan qutilib qolish maqsadida “Elektrhisob” PK dasturidan ERI (elektron raqamli imzo) orqali 150 nafar fuqarolarning hisob varagʻidagi pul mablagʻlardan jami 53,1 mln. soʻmni ularning xabardorligisiz, hech qanday hujjatlarsiz asossiz ravishda oʻzlari tomonidan oʻzlashtirib yuborilgan va 214 nafar fuqarolarning “Elektrhisob” dasturidagi hisob varagʻiga oʻtkazishib, fuqarolarga hisob varagʻiga pul tushganligi haqida ishontirib, ishonib topshirilgan va ixtiyorida boʻlgan oʻzganing 53,1 mln. soʻmlik mulkini talon-toroj qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring