Soʻxlik yoshlar uchun davlat granti asosida 500 ta kvota ajratiladi
Ayni daqiqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021 oʻquv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bagʻishlangan offlayn brifing boʻlib oʻtmoqda.
Unda ayrim fuqarolarga OTMlarga kirish uchun ajratilayotgan davlat grandlari haqida maʼlumot berildi.
Xususan, maʼlum qilinishicha, Soʻx tumanida istiqomat qiluvchi umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilariga OTMlarga kirish uchun alohida 500ta davlat granti kvotasi ajratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring