Soʻxda jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻidan ozod etilib, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad soligʻi stavkasi 2 barobar kamaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga amaliy tashrifi davom etmoqda.
Fargʻona shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda taʼkidlanishicha, Bosh vazir rahbarligida Hukumat komissiyasi tomonidan muammolar oʻrganilib, keng qamrovli takliflar tayyorlangan. 2020-2022-yillarda Soʻx tumanini kompleks rivojlantirishga 500 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish belgilangan. 11 ming yangi ish joyi tashkil etish rejalashtirilgan.
98 ta loyiha amalga oshirilib, sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalari rivojlantiriladi.
Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻidan ozod etilib, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad soligʻi stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. 1 ming gektar ekin yerlarida suv taʼminoti yaxshilanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring