Sogʻlom turmush tarziga amal qilishning 4 ta asosiy usuli
Tibbiyot fanlari doktori, professor, shifokor-valeolog Shuhrat Ergashevning aytishicha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, inson salomatligi 55 foiz holatda sogʻlom turmush tarziga bogʻliq.
Ortiqcha vazn yoki biror yondosh kasalliklari bor, sogʻligʻiga yetarlicha eʼtibor bermaydigan kishilarda har qanday kasallik ogʻir kechadi.
Aksincha, immuniteti kuchli, sogʻlom turmush tarziga amal qiluvchi insonlar, yoshidan qatʼiy nazar, xastalikni tez va oson yengib oʻtadi.
Sogʻlom turmush tarziga amal qilmaslik noinfeksion kasalliklarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Bular:
yurak-qon tomir;
qandli diabet;
onkologik;
nafas yoʻllari xastaliklari kabilar boʻlib, Oʻzbekistonda 78 foiz oʻlim holatlari ayni shu xastaliklar bilan bogʻliq.
Xoʻsh, yuqumli boʻlmagan xastaliklarga chalinmaslik uchun nima qilish kerak?
Birinchi navbatda toʻgʻri hayot tarzini yoʻlga qoʻyish talab etiladi. Sogʻlom turmush tarziga amal qilishning esa 4 ta asosiy usuli mavjud:
toʻgʻri ovqatlanish;
jismoniy faollik;
ruhiy salomatlik;
zararli odatlardan voz kechish.
Qachonki, xalqimiz ongli ravishda oʻz istagi bilan sogʻlom turmush tarzi qoidalariga amal qilishga odatlansa, uni hayotini bir boʻlagi sifatida qarasagina samarali natijaga erishish mumkin.
Bir soʻz bilan aytganda, endilikda kasallikni davolash emas, aholi salomatligini saqlash, sogʻlom inson, sogʻlom oila hamda sogʻlom jamiyatni yaratishga harakat qilishimiz zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring