Sogʻliqni saqlash vaziri: “Biz kasallikni berkitayotganimiz yoʻq, uni berkitishning iloji ham yoʻq”
“Agar kasallik qayd etiladigan boʻlsa, dori vositalarining zaxirasi, shuningdek profilaktika boʻyicha imkoniyatlarimiz yetarli, — dedi sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. Targʻibot ishlarini kuchaytirishimiz, zarur haqqoniy maʼlumotlarni vaqtida yetkazib turishimiz zarur.
Eng muhimi, har bir fuqaro notoʻgʻri, vahimali maʼlumotlarga ishonmasligi, oʻz ehtiyot choralarini koʻrishi zarur. Bu kasallikni biz berkitayotganimiz yoʻq, uni berkitishning iloji ham yoʻq. Zarurat boʻlmasa, xorijga chiqmaylik, cheklaylik. Siz sogʻlom boʻlganingiz bilan yoningizdagilar oʻz kasalliklaridan bexabar holda yuqtirib qoʻyishi mumkin.
Barcha cheklov choralarini oshkor eʼlon qilyapmiz va buni toʻgʻri tushunishni soʻrar edik. Fuqarolarimiz barcha ehtiyot choralarini koʻrsalar, ishonamanki biz bu jangda gʻolib chiqamiz”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring