Sogʻliqni saqlash tizimiga sunʼiy intellekt texnologiyalari tatbiq etiladi

10:47 19 Yanvar 2024 Jamiyat
542 0

“Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi loyihasining 2024-2026-yillarga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasiga koʻra, yurtimizdagi 565 ta davolash-profilaktika muassasasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Shu maqsadda:

— 475 ming nafar xodimning raqamli texnologiyalar boʻyicha malakasini oshirish;

— “KfW” bankining “Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida raqamli sogʻliqni saqlash yagona platformasini yaratish;

— tibbiyot sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish;

— davolash-profilaktika muassasalarini axborot-texnika vositalari bilan taʼminlash orqali moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

— tibbiyot xodimlarining raqamli texnologiyalar bilan taʼminlanganlik darajasini 100 foizga yetkazish nazarda tutilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер