Sogʻligʻi, hayoti xavf ostida boʻlgan, yetim va nazoratsiz qolgan bolalarni qaramogʻiga olish boʻyicha “ixtisoslashgan tutingan oila” tizimi joriy etiladi
Illyustrativ foto
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda sogʻligʻi, hayoti xavf ostida boʻlgan, yetim va nazoratsiz qolgan bolalarni qaramogʻiga olish boʻyicha “ixtisoslashgan tutingan oila” tizimi joriy etilishi qayd etildi.
Tutingan oila maxsus sertifikatga ega 30 yoshga toʻlgan odamlar tomonidan tashkil etilib, unga 3-5 nafargacha bolalar qabul qilinadi.
Ixtisoslashgan 160 ta taʼlim muassasasida bosqichma-bosqich “gʻamxoʻrlik” guruhlari tashkil qilinadi. Yaʼni, ogʻir kasalligi bor bolalarga shu guruhlarda qarash orqali, ota-onalariga ishlashi uchun sharoit yaratib beriladi.
Ota-onasidan ayrilgan yoshlarni hayotda oʻz oʻrnini topib ketishi uchun koʻmaklashish tizimi ham oʻzgaradi. Endilikda “Yoshlarga hamrohlik” dasturi asosida bunday yoshlarni qoʻllab-quvvatlash 23 yoshgacha etib belgilanadi (hozirda 18 yosh).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring