Sodiq Safoyev Fransiya vaziri bilan uchrashdi

22:32 11 May 2021 Siyosat
715 0

2021-yil 11-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi birinchi oʻrinbosari S. Safoyevning Fransiyaning tashqi savdo va iqtisodiy jalb etuvchanlik boʻyicha vazir-delegati F. Riyester bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston-Fransiya hamkorligini, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi, bu Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda muhim rol oʻynaydi.

Shuningdek, transport, turizm, sanoat, madaniy-maʼrifiy sohalarda ikki tomonlama munosabatlar muhokama etildi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi munosabatlar sezilarli darajada mustahkamlanib borayotgani. ikki tomonlama munosabatlar, eng avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalar va turizm sohalarida katta salohiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Vazir mamlakat Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Oliy Majlis Senatining yangi tarkibida Fransiya Respublikasi Senati bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha guruh ish olib bormoqda, Fransiya Respublikasi Senatida esa “Fransiya — Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер