Sobiq turk generali turkiy davlatlar armiyasini tuzishga chaqirdi

17:55 10 Yanvar 2022 Dunyo
1706 0

Foto: “Turkiya Ovozi”

Turkiy davlatlar Qozogʻistondagi kabi voqealar oʻz hududlarida takrorlanmaslik uchun qoʻshma qurolli kuchlar tuzishga kirishishi kerak.

Xuddi shunday fikrlarni Turkiyaning Ozarbayjondagi sobiq brigada generali va attashesi Yucel Karauz aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda “Turkiya оvozi” portali.

Isteʼfodagi general bu soʻzlari bilan Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Oʻzbekiston bilan birga Vengriya va Turkmanistonni ham kuzatuvchi davlat sifatida oʻz ichiga olgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga murojaat qildi.

“Tashkilot yigʻilishida qoʻshma harbiy kuchlar yaratish boʻyicha qonuniy asoslar yaratilishi va real qadamlar qoʻyilishi kerak. Agar biz kechiksak, tuzatib boʻlmaydigan zarar koʻrishimiz mumkin. Qozogʻistonda sodir boʻlgan voqea boshqa qardosh respublikalarda ham sodir boʻlishi mumkin”, deydi Karauz.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер