Sobiq Ekvador prezidenti madaniy meros kontrabandasida ayblanmoqda

19:37 25 Iyul 2020 Dunyo
1114 0

Ekvador Bosh prokuraturasi madaniy meros kontrabandasi boʻyicha sobiq prezident Abdal Bukaram va oʻgʻli Xakoboga qarshi ayblov eʼlon qilishga tayyorlanmoqda.

«Prokuratura Abdal Bukaram va Xakobo Bukaramga qarshi 3-iyun kuni oʻz uyida topilgan buyumlar bilan bogʻliq boʻlgan madaniy meros obyektlarini noqonuniy olib oʻtish, noqonuniy olib kirish va qayta sotishdan iborat ayblovlarni rasmiylashtirish uchun sud majlisi oʻtkazilishini soʻramoqda», deyiladi bayonotda.

Iyun oyining boshida Abdal Bukaram politsiya tomonidan dori-darmonlarni sotib olishdagi korrupsiya bilan bogʻliq ishga oid tintuv paytida noqonuniy qurol saqlagani uchun hibsga olingan.

Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uning uyidan oʻqotar qurollardan tashqari, koʻplab tibbiy niqoblar, COVID-19 uchun test-sinovlar hamda bir qator arxeologik artefaktlarni ham topishgan.

Bukaram 1996-97 yillarda olti oy davlatni boshqarganidan keyin parlament tomonidan lavozimidan chetlatilgan, shundan soʻng u taxminan 20 yil davomida Panamada quvgʻinda boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер