«Snoslar» boʻyicha eng koʻp noqonuniy qaror — Andijonda qabul qilingan. Eng koʻp kompensatsiya toʻlanmagan hudud — Toshkent

22:34 14 Fevral 2021 Jamiyat
1370 0

Yer egasining roziligi olinmagan, ijarachi bilan kelishilmagan, tegishli xalq deputatlari kengashlarining qarori yoki Hukumat qarori chiqarilmagan, Adliya organlarining ijobiy xulosasi olinmagan, kelishuvlar notarial tasdiqlanmagan qarorlar eng koʻp Andijon viloyatida qabul qilingan.

Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Abdurahim Muhiddinov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, noqonuniy qarorlar Andijonda 48 ta, Toshkentda 11, Namanganda 7, Jizzaxda 6, Qoraqalpogʻistonda 4, Buxoroda 3 va Qashqadaryoda 1ta qabul qilingan.

Buning oqibatida, Respublika boʻyicha 1 338 ta holatda mulk egalaridan 221,5 mlrd. soʻm qarzdorlik yuzaga kelib, ularning huquq va manfaatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.

Mahalliy hokimliklarning hisobidagi jamgʻarmada qoldiq mablagʻlar mavjud boʻlsada, Toshkent shahrida 76,4 mlrd. soʻm, Toshkent viloyatida 49 mlrd. soʻm, Sirdaryoda 51 mlrd. soʻm, Qashqadaryoda 17 mlrd. soʻm, Surxondaryoda 9,7 mlrd. soʻm, Jizzaxda 7 mlrd. soʻm, Samarqandda 5 mlrd. soʻm, Fargʻonada 2,4 mlrd. soʻm va Andijonda 2 mlrd. soʻm qarzdorlik qoplanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер