Smartfoningizdagi foydasidan zarari koʻp dasturlar haqida bilasizmi?
Yangi smartfonlardagi garchi barcha dasturlar mukammal ishlasa-da, foydalanuvchilar shunga qaramay yangilarini yuklab olishga harakat qiladilar. Ammo ularning foydasidan zarari koʻpligi haqida hamma ham bilavermaydi. Quyida ana shunday dasturlar haqida.
1. "GetContact" va “Truecaller” kabi qoʻngʻiroqlarni aniqlashtiruvchi dasturlar. Ular nomaʼlum raqamdan qoʻngʻiroq qilgan odamning ismini aniqlash kerak boʻlganda foydalidir. Biroq, xuddi shu tarzda, sizning ismingiz va raqamingizni ham oshkor qiladi. Va shu bilan birga ular sizning manzillar daftaringizni oʻrganib chiqib, maʼlumotlar bazasiga qoʻshish uchun u yerdan barcha maʼlumotlarni nusxalaydi.
2. Batareya quvvatini tejashga moʻljallangan dasturlar. Odatda ular quvvat darajasini koʻrsatib, sehrli tugmachani bosishni taklif qiladi. Ammo bu hech qanday natija bermaydi. Eng yaxshi holatda ogʻir dasturlar xotiradan oʻchiriladi, ular tez orada yana yuklanadi va undan ham koʻproq tizim resurslarini sarflaydi.
Bundan tashqari, bunday dasturlarda koʻpincha reklama koʻrsatiladi. Bu foydalanuvchidan ortiqcha Internet sarfiga sabab boʻladi. Shunday ekan batareya bilan ishlash uchun standart operatsion tizim vositalaridan foydalangan yaxshiroqdir.
3. Xotirani tozalaydigan vositalar. Ular batareyalar “kuchaytirgichlari” bilan deyarli bir xil ishni bajaradilar. Bir muncha vaqt RAMda haqiqatan ham koʻproq joy koʻrinadi, ammo bu taʼsir juda qisqa muddatlidir.
4. Chiroqlar har qanday mobil operatsion tizimga oʻrnatiladi. Shuning uchun boshqasini yuklab olishdan maʼno yoʻq. Ularning aksariyati manzillar kitobi, qoʻngʻiroqlar roʻyxati, SMS va boshqa boʻlimlarga kirishni talab qiladi.
5. QR kodlari va hujjatlar skanerlari. Birinchidan, ular kamera dasturiga va "Google Drive"ga birlashtirilgan, ikkinchidan, yaqinda ushbu dasturlardan birida zararli funksionallik aniqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring