Slovakiyaning yetakchi kompaniyasi Oʻzbekistonda bioyonilgʻi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istiqbollarini oʻrganmoqda

16:39 05 Sentyabr 2023 Dunyo
458 0

Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Bratislava shahrida Slovakiyaning “AZC Group” kompaniyasining biznesni rivojlantirish masalalari direktori Richard Sabo bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida Oʻzbekistonda xorijiy investorlar va tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti, ularga berilayotgan imtiyozlar hamda mamlakatimizning ishlab chiqarish salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot namoyish etildi.

Richard Sabo “AZC Group”ning Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatishdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.

Tomonlar Oʻzbekistonda oʻzaro hamkorlikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va bioyonilgʻi ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Muzokaralar natijasi oʻlaroq, joriy yil sentyabr oyida Richard Saboning Oʻzbekistonga amaliy safarini uyushtirish va taklif etilgan loyihalar boʻyicha mahalliy davlat organlari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

“AZC Group” 2003-yilda tashkil etilgan. Kompaniya  bioyonilgʻi, etanol, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, axborot texnologiyalari, yoqilgʻi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transport (poyezdlar va yuk mashinalari), logistika hamda hisob-kitob xizmatlarini koʻrsatadigan 30 ga yaqin korxonalarni oʻz ichiga oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер