Slovakiya prezidenti hukumatni isteʼfoga chiqardi

22:26 16 Dekabr 2022 Dunyo
1236 0

Foto: Reuters

Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova bosh vazir Eduard Xeger hukumatini isteʼfoga chiqardi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, davlat rahbari bunday qarorga hukumatga ishonchsizlik votumi sabab boʻlgan. Bu esa siyosiy beqarorlik va 2023-yilda muddatidan oldin saylovlar oʻtkazilishi mumkinligi sabab boʻlgan.

Bundan tashqari, mamlakat rahbari Xeger va uning vazirlar mahkamasidan yangi hukumat tuzilgunga qadar oʻz vazifalarini bajarishni soʻragan. Bundan tashqari, Chaputova siyosiy yetakchilarni kelasi yilning birinchi yarmida muddatidan oldin saylovlar oʻtkazish masalasini koʻrib chiqishga chaqirdi.

Avvalroq, Chaputova Yens Stoltenbergdan keyin NATO bosh kotibi boʻlishi mumkinligi xabar qilingan edi. Potensial nomzodlar orasida Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas va Xorvatiyaning sobiq prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich ham bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер