Siz soliq haqida nimalarni bilasiz?

17:36 07 Avgust 2019 Jamiyat
1022 0

Toshkent viloyati soliq tizimi xodimlari tashabbusi bilan Boʻstonliq tumanidagi “Barkamol” oromgohida hordiq chiqarayotgan yoshlar uchun “Siz soliq haqida nimalarni bilasiz” nomli viktorina oʻtkazildi.

Mazkur tadbir yoshlarning soliqlar xaqidagi bilimlarini oshirish, oʻquvchilar oʻrtasida soliq madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirni koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazish uchun oromgoh binosida ushbu maskanda faoliyat yuritgan toʻgaraklar koʻrgazmasi, oʻquvchilarni sogʻlomlashtirish jarayonlari tasvirlangan suratlar, joriy yilda qilingan ishlarni aks ettiruvchi stendlar joylashtirildi, deyiladi Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi xabarida.

Uchta nominatsiya boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda 100 nafardan ortiq oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Yakunda turli shartlar boʻyicha Shaxzoda Hakimova, Laziza Mamatxanova, Farzona Sayfullayeva, Nodira Abdurashidova, Oybek Isroiljonov, Lazizbek Xolbayev, Hikoyatxon Hasanova, Diyor Parmonov, Dostonbek Ortiqboyev va Moʻtabar Isroilova gʻoliblikka erishdi. Barcha gʻolib va sovrindorlar faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер