Siyosiy partiyalarning muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishiga rasman ijozat berildi

20:01 15 May 2023 Siyosat
627 0

Markaziy saylov komissiyasining muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bagʻishlangan navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etdi.

Majlisda siyosiy partiyalarning muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Saylov kodeksiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berishni soʻrab taqdim qilgan hujjatlarini koʻrib chiqib, mazkur partiyalarga 2023-yil 9-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi uchun ijozat berildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, majlis doirasida siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga saylovda ishtirok etishga ijozat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda belgilangan namunadagi imzo varaqalari blankalari topshirildi.

Majlisda qabul qilingan qarorlar Markaziy saylov komissiyasining veb-saytiga joylashtiriladi hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markaziy matbuotda eʼlon qilinadi.

«Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер