Siyarto: Vengriya Putinni Xalqaro jinoiy sud orderiga asosan hibsga olmaydi
Vengriya prezidenti Vladimir Putin AQSH rahbari Donald Tramp bilan uchrashish uchun Budapeshtga kelsa, mamlakat Xalqaro jinoiy sud (XJS)ning uni hibsga olish haqidagi qarorini bajarishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Péter Siyarto maʼlum qildi, deb yozadi TASS.
Vazirning soʻzlariga koʻra, Vengriya avvalroq XJS aʼzoligidan chiqqanini eʼlon qilgan va ushbu sud organining qarorlarini tan olmaydi.
— Prezident Putin yozda AQSHga tashrif buyurgan edi va u yerda hibsga olinmadi. Agar u Vengriyaga kelsa, bu yerda ham hibsga olinmaydi. Umid qilamanki, Yevropa davlatlari ham uning samolyotiga Vengriyaga uchishiga ruxsat beradi, chunki Tramp bilan uchrashuvi tinchlik uchun muhim ahamiyatga ega. Agar biror mamlakat Rossiya prezidentining samolyotiga parvozga ruxsat bermasa, bu u tinchlikni istamayotganini anglatadi, — dedi Siyarto.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring