Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

13:05 14 Mart 2024 Siyosat
342 0

Davlatimiz rahbari nega aynan shu tumanga kelganini izohladi.

Sayxunobod aholisi yaxshi yashashga, daromadli boʻlishga, bolalarini oʻqitishga intilayotgani, lekin tumandagi ogʻir iqtisodiy ahvol bunga toʻsqinlik qilayotgani qayd etildi.

Tadbirkorlik, bandlik, kambagʻallikdan chiqarishga katta-katta mablagʻlar ajratilayotganiga qaramay, Sayxunoboddagi 19 ta mahallada yashaydigan 83 ming aholini qanchasiga bu imkoniyatlar yetib borayapti, degan savol ochiq qolmoqda.

Shuning uchun bugungi yigʻilish tomorqa va uy xoʻjaliklarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishda nafaqat Sayxunobod, balki butun mamlakatimiz uchun tub burilish yasaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер