Sirdaryodagi AYQSHda sifatsiz avtobenzin yoqilgʻisi sotilganligi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tumani boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining “I.P.” MCHJga qarashli AYQSHda oʻtkazilgan tekshiruv hujjatlari oʻrganilganda ushbu AYQSHda 10 730 litr AI-92 markali avtobenzinning oktan soni boʻyicha sifat koʻrsatkichi davlat standarti parametrlariga mos kelmasligi, shuningdek MCHJ tomonidan mijozlarga sifatsiz yoqilgʻi sotilganligi natijasida 12 nafar fuqaroning avtotransport vositasiga 103,2 mln soʻm moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring