Sirdaryoda yongʻin oqibatida olti kishi, jumladan 3 nafar voyaga yetmagan bola halok boʻldi

09:48 17 Fevral 2020 Jamiyat
1569 0

Joriy yilning 17-fevral kuni soat 02:40da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi, “Koʻrkam diyor” MFY, Robot koʻchasidagi 3-uy, 1-xonadonda yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻin natijasida uyning kirish yoʻlagi va yotoqxonasining 40 kv.m maydondagi uy jixozlari yongan.

Yongʻin soat 03:00da oʻrab olinib, soat 03:45da oʻchirilgan. Ayanchlisi, buning oqibatida ushbu uydagi 6 nafar fuqarolar halok boʻlishgan. Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972-y.t. (uy egasi), N.X., 1976-y.t. (turmush oʻrtogʻi), O.Sh., 1996-y.t. (qizi), O.D., 2006-y.t. (qizi),O.A., 2010-y.t. (oʻgʻli), N.N., 2018-y.t. (nabirasi).

Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, SSB xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер