Sirdaryoda uch egizak dunyoga keldi
Forish tumanining Uchma qishlogʻida yashovchi Anorxol Isroilova va uning turmush oʻrtogʻi Umid Isroilov toʻrt qizdan soʻng oʻgʻil farzand kutishayotgan edi. Kuni kecha ular uch egizakli boʻlishdi: ikki nafar qiz, kenjasi esa oʻgʻil.
Ona farzandlarini Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida dunyoga keltirdi. Egizaklarning kattasi 1,9 kg, keyingisi 2,4 kg, oʻgʻil chaqaloq esa 2,1 kg boʻlib, ular tabiiy tugʻruq jarayonida tugʻildi. Muassasa rahbari Xanifa Sodiqovaning maʼlum qilishicha, ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli qoniqarli, ularning salomatligi shifokorlar nazorati ostida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring