Sirdaryoda soxta Departament xodimi ushlandi

17:47 20 Aprel 2023 Jamiyat
1053 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, hech qayerda ishlamaydigan M.A. fuqaro T.M.ning ishonchiga kirib, unga oʻzini goʻyoki Departamentning Yangiyer shahar boʻlimi xodimi sifatida tanishtirib, 1 000 AQSH dollari evaziga uni ushbu boʻlimga ishga joylashtirib qoʻyishini aytib, shundan 600 AQSH dollarini 2023-yil 15-aprel kuni olib, qolgan 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, agarda Sizga va yaqinlaringizga oʻzini Departament yoki biron bir huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi deb tanishtirib, turli yoʻllar bilan tamagirlik qilib, pul yoki boshqa moddiy qimmatliklar talab qilsa, bu haqda zudlik bilan Departament shaxsiy xavfsizlik boʻlimining 71-202-86-67 (ichki raqam 8088 yoki 8086) raqamli “Ishonch telefoni”ga maʼlum qilishingizni soʻraymiz.

Murojaatchilar va ularning yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishi toʻliq kafolatlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер