Sirdaryoda qurilayotgan yangi IES uchun yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari Oʻzbekiston elektr energetika umumtizimiga ulandi

15:17 28 Iyul 2023 Jamiyat
381 0

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida davlat–xususiy sheriklik tamoyili asosida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt boʻlgan yangi issiqlik stansiyasi qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlanmoqda.

2023-yil 26-iyul kuni mazkur yangi IES uchun yangidan barpo etilgan 220/500 kVli “ACWA POWER SIRDARYA” podstansiyasiga kuchlanish berildi.

Kecha, 27-iyul kuni 500 kV kuchlanishli, ishchi nomi L-557 hamda L-550 boʻlgan elektr uzatish tarmoqlari Oʻzbekiston elektr energetika umumtizimiga ulandi.

Eslatib oʻtamiz, Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan 1500 MVt quvvatli yangi IESning dastlabki quvvatlari (500 MVt) avgust oyi yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер