Sirdaryoda “Onix” avtomobili kanalga tushib ketdi (+video)
Kecha, 29-aprel kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Doʻstlik” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Doʻstlik” kanaliga “Onix” rusumli avtomobil haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati FVBga “112” qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan, viloyat FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olingan.
Bildirilishicha, avtomobil masofadan oʻt oldirilgan vaqtda oʻzi harakatga kelib, yurib ketgan hamda hududdan oqib oʻtuvchi kanalga tushib ketgan.
Maʼlum boʻlishicha, avtomobilda hech kim boʻlmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring