Sirdaryoda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi

17:18 04 Oktyabr 2023 Jamiyat
881 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Guliston tibbiyot klasterida laparoskopiya usulda qiziloʻngach diafragma teshigi churrasi bilan bogʻliq yuqori texnologiyali ilk jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.

Ushbu turdagi amaliyotlar hozirgacha Akademik V. Vahidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va boshqa ixtisoslashtirilgan markazlar hamda xorijiy davlatlarda oʻtkazilib kelinayotgan edi.

— Guliston tibbiyot klasterida shu bugungi kunga qadar laparoskopiya usulda xoletsistektomiya, buyrakdagi kistektomiya, appendektomiya bilan bogʻliq 3000 dan ziyod amaliyotlarni oʻtkazganmiz,—deydi Guliston tibbiyot klasteri xirurgi, oliy toifali xirurg-laparaskopist Akmal Oʻrolov. —Mana endi, bular qatoriga qiziloʻngach churrasi bilan bogʻliq laparoskopiya amaliyoti ham qoʻshildi.

Albatta, Gulistonda bu kabi murakkab operatsiyalarning oʻtkazilishi yurtimizda aholi salomatligini muhofaza qilish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasidir.

                                                                Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер