Sirdaryoda kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan «Oʼzsanoatqurilishbank» ATB Sirdaryo mintaqaviy filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O’.SH.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, MCHJga ajratilgan 10 mlrd soʻm kredit mablagʻlari evaziga turar joy binosini qurmasdan, taʼminotchi korxonalardan xarid qilingan qurilish mollarini naqd pulga sotib yuborib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring