Sirdaryoda garajdagi Captiva yonib ketdi
Sirdaryo tumanida shu yil 5 noyabr kuni “Paxtakor” MFY yashovchi B.N.ni uyi garajida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Koʻrilgan choralar natijasida yongʻin oʻchirilgan. Yongʻin natijasida garajning 40 kv.m. maydonda tom qismi hamda shu yerda turgan “Kaptiva” rusumli avtomashinasi salon qismi yonib zarar koʻrgan.
IIV bergan axborotga koʻra, hodisa natijasida jarohat olganlar yoʻq.
Yongʻin kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring