Sirdaryoda doʻkonlardan tilla taqinchoqlar oʻgʻirlagan ayol qoʻlga olindi

18:19 09 Avgust 2023 Jamiyat
486 0

Mirzaobod tumanida yashovchi S.J. Guliston shahar, Taraqqiyot MFY, Turkiston koʻchasida joylashgan 6-sonli zargarlik buyumlari sotish doʻkoniga xaridor sifatida kirib, savdo doʻkoni sotuvchisining chalgʻib qolganligidan foydalanib, savdo peshtaxtasi ustida turgan fuqaro N.A.ga tegishli narxi 1.500.000 soʻm boʻlgan bir dona tilla uzukni hamda 65-sonli zargarlik buyumlari sotish doʻkoniga xaridor sifatida kirib, sotuv doʻkoni sotuvchisining chalgʻib qolganligidan foydalanib, savdo peshtaxtasi ustida turgan fuqaro R.Sh.ga tegishli boʻlgan narxi 1.400.000 soʻmlik bir juft tilla sirgʻani oʻgʻirlab ketganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro S.J.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер