Sirdaryoda dahshatli YTH: Damas, 2 ta Cobalt, Captiva hamda Audi-100 toʻqnashdi. Avtofalokatda 2 kishi vafot etdi
Foto: ИИВ ЙҲХББ ахборот хизмати
Sirdaryo viloyatida 5 ta mashina ishtirokida dahshatli yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilgan.
Xabarga koʻra, 2020-yil 18-iyun kuni soat 10:20 larda Sirdaryo tumani hududidan oʻtgan M-34 avtomobil yoʻlining 85 kilometrida 1992-yilda tugʻilgan haydovchi X.X. boshqaruvidagi Captiva 1993-yilda tugʻilgan S.M. u bilan bir yoʻnalishda boshqarib ketayotgan “Cobalt”ni oʻng tomondan quvib oʻtgan. Oqibatda Captiva yoʻl chetida toʻxtab turgan Damas hamda boshqa bir “Cobalt”ga urilgan.
Captiva bilan toʻqnashuv oqibatida Damas ichidagi ikki nafar yoʻlovchi 1979-yilda tugʻilgan A.J. va 1982-yilda tugʻilgan Q.Q. ogʻir tan jarohatlari bilan kasalxonaga keltirilgan va u yerda vafot etgan. Cobalt haydovchisi B.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring