Sirdaryoda 28 nafar voyaga yetmagan bolalarni olib ketayotgan “Damas” toʻxtatib qolindi (+video)
Sirdaryo viloyatida 28 nafar voyaga yetmagan bolalarni olib ketayotgan «Damas" avtomashinasi toʻxtatib qolindi. Bu haqida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat 4-may kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani hududida qayd etilgan. “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi belgilangan qoidalarda rioya qilmasdan meʼyoridan ortiq bolalarni olib ketayotgan vaqtda toʻxtatib qolingan.
Mazkur holat boʻyicha qoidabuzarlik holati bartaraf etilib, haydovchi bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
Shuningdek, haydovchiga nisbatan Oʻzbekiston respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 128 prim 8-moddasi tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 2-may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ham “Damas” avtomashinasi 32 nafar bogʻcha bolasini olib ketayotgan vaqtda Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan toʻxtatib qolingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring