Sirdaryoda 250 gektar foydalanishdan chiqarilgan yer maydonida intensiv bogʻ tashkil etiladi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 250 gektar foydalanishdan chiqarilgan yer maydoni intensiv bogʻ tashkil etish uchun fargʻonalik tadbirkor-bogʻbonga ajratiladi. Ushbu hududga 600 ming tup koʻchat ekish rejalashtirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Shuningdek, tadbirkor-bogʻbon tomonidan yerlarni foydalanishga qaytarish choralarini mukammal koʻriladi hamda suv tejovchi texnologiyalar toʻliq joriy etiladi. Bogʻ tashkil etilganidan soʻng subsidiya va bank krediti evaziga aholiga berish usullari koʻrib chiqiladi. Ushbu hududga olib boruvchi yoʻllar yoqasiga manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, mahalliy aholi ish bilan taʼminlanadi.
Maʼlumot uchun, intensiv bogʻga 130 gektar olma, 50 gektar oʻrik, 50 gektar olxoʻri va 20 gektarga uzum koʻchati ekiladi. Barcha daraxtlar shoʻrga chidamli boʻlgan behi koʻchatlarining ildiziga payvand qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring