Sirdaryoda 1,5 ming Megavattli issiqlik elektr stansiyasi quriladi
Bu haqda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Albatta, kelgusi yillarda yaratiladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga, viloyatda elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham keskin oshadi.
Bu borada, o‘tgan yili Turkiyaning “Cengiz enerji” kompaniyasi bilan 150 million dollar investisiya evaziga, Xovosda 220 Megavattli bug‘-gaz elektr stansiyasi ishga tushirildi.
Shu yilning o‘zida Boyovut tumani va Shirin shahrida Saudiya Arabistonining “Acwa power” kompaniyasi tomonidan 1 milliard 100 million dollar sarmoya hisobiga, yana 1,5 ming Megavattli issiqlik elektr stansiyasi foydalanishga topshiriladi.
Bundan tashqari, kelgusi ikki yilda Fransiya, Yaponiya va Qatar kompaniyalari konsorsiumi tomonidan 1 milliard 100 million dollar investisiya kiritilib, qo‘shimcha 1,5 ming Megavattli zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi barpo etiladi”, – dedi nomzod.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring