Sirdaryoda 13 yashar bola aqli zaif qarindoshini pichoqlab oʻldirdi

17:48 28 Oktyabr 2024 Jamiyat
498 0

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab oʻldirgani haqida xabarlar sizdirildi.

Turli norasmiy manbalarda qayd etilishicha, voqea joriy yilning 18-oktyabr kuni viloyatning Boyovut tumanidagi “Qarapchi” mahallasida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 7-sinf oʻquvchisi (13 yoshli) oʻzining aqli zaif qarindoshini mahalla hududdagi dala maydonida oshxona pichogʻi bilan oʻldirgan.

“Xalq soʻzi” muxbiri holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bogʻlandi.

Uning bizga maʼlum qilishicha, joriy yilning 18-oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashagan 23 yoshli F.J. ismli erkakning murdasi Guliston shahar “Navbahor” mahallasi hududidagi kanalning tashlandiq joydan topilgan.

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan Sh.A. (oʻgʻil bola) voqea sodir boʻlgan kuni “Doʻstlik” va “K-3” kanali oraligʻidagi tashlandiq joydan oʻtib ketayotgan vaqtida uzoq qarindoshi F.J. uni chaqirib, boladan qoʻlidagi pichoq bilan uni oʻldirishini soʻragan. Sh.A. buni rad qilganidan soʻng, F.J. bolani qoʻrqitgan, shundan soʻng voyaga yetmagan Sh.A. F.J.ni pichoq bilan qasddan oʻldirgan.

“Maʼlumot oʻrnida, marhum F.E. ruhiy kasalliklar dispanserida “paranoid shizofreniya epizodik kechishi” tashxisi bilan roʻyxatda turgan”, deyiladi prokuratura xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер