Sirdaryoda 1 million AQSH dollarilik qovun eksport qilindi
Foto: Arxiv surat
Sirdaryoda joriy yilning oʻtgan 7 oyi mobaynida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan qiymati 1 million AQSH dollariga teng 2 550 tonna qovun eksporti bojxona rejimiga koʻra rasmiylashtirildi.
Mazkur qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 60 foizi Qozogʻistonga eksport qilingan boʻlsa, qolgan qismi Latviya, Belarus, Rossiya, Germaniya, shuningdek, qoʻshni Tojikiston va Qirgʻiziston kabi davlatlarga eksport qilingan.
Maʼlumot tariqasida, 2021-yilning shu davrida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan Rossiya, Latviya, Ukraina, Germaniya, Shvetsiya, Moldova, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston kabi davlatlarga qiymati 791 ming AQSH dollarilik 1920 tonnaga yaqin qovun eksporti rasmiylashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring