Sirdaryo viloyatida aholiga imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

11:56 14 Dekabr 2023 Jamiyat
316 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo va Guliston tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Koʻmir taʼminot” MCHJning “Baxt” va “Boyovut” koʻmir ombori masʼul shaxslari va boshqalar ushbu tumanlardagi 114 nafar fuqaro nomidan arzon narxlarda koʻmir olganligi toʻgʻrisidagi soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 309,9 tonna koʻmirni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер