Sirdaryo viloyati FVB boshligʻiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Foto: FVV
Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻiga yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan podpolkovnik Gazixoʻjayev Asror Shavkatovich Sirdaryo viloyati FVB boshligʻining Profilaktika boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar podpolkovnik Gazixoʻjayev Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Guliston shahar FVB boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
“Shu munosabat bilan Asror Shavkatovichga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz”, deb yozadi vazirlik matbuot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring