Sirdaryo qovunlari AQSHga eksport qilinmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Dunyo bozorida Sirdaryo viloyati dehqonlari yetishtirgan poliz mahsulotlariga talab yil sayin ortib bormoqda.
Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida 3 ming 437 tonna qovun-tarvuz xorijga eksport qilindi va bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bir necha barobarga ortdi.
— Quvonarlisi, bundan uch-toʻrt yil oldin Sirdaryo viloyati boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari oʻndan ortiq davlatga yetkazib berilgan boʻlsa, bugunga kelib eksport geografiyasi yanada kengaydi,— deydi Sirdaryo viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasining chegara maskani inspektori Mustaqim Ismoilov. — Ayni kunlarda esa viloyatning mashhur Mirzachoʻl qovunlari, tarvuz va boshqa mahsulotlar AQSH, Buyuk Britaniya kabi 20 dan ziyod davlatga eksport qilinmoqda.
Aytish joiz, eksport jarayonida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining fitosanitar tozaligiga Oʻsimliklar karantini va himoyasi davlat inspektorlari tomonidan jiddiy eʼtibor qaratib kelinayotgani ham yurtimizda yetishtirilayotgan neʼmatlarning dunyo bozoridagi oʻrni mustahkam va xaridorgir boʻlishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring