Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
Mazkur stansiya “On-Grid” rejimida ishlaydi va yiliga qoʻshimcha 2,3 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda yiliga 750 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga etishiladi.
Buning natijasida yoqilgʻi resurslari tejalib, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkoni yaratiladi.
Maʼlumot uchun: ayni paytda quyosh fotoelektr sansiyasi quyosh radiatsiyasiga qarab oʻrtacha 800 kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.
Ushbu loyiha Prezidentimiz tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish boʻyicha berilgan qator topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring