Singapurlik olim yana-da jiddiy koronavirus pandemiyasidan ogohlantirmoqda
Illyustrativ foto
Koronavirusning “Hindiston” shtammi dunyodagi koronavirus pandemiyasini yana-da kuchaytirishi mumkin. Ushbu fikrlarni Singapur milliy universiteti professori Tek Ik In aytib oʻtdi, deb yozmoqda "The Straits Times".
Olimga koʻra, bu xavf tobora kuchayib bormoqda, negaki, ushbu shtamm juda tez tarqaladi. Bunday holat infeksiya yomon boshqariladigan mamlakatlarda kuzatilishi ehtimoli yuqori.
“Buning oldini olishda eng samarali vosita bu emlash”, deydi mutaxassis.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring