Singapurda dunyoda birinchi boʻlib sunʼiy tovuq goʻshtini sotishga ruxsat berildi
Singapurda dunyoda ilk bor laboratoriyada yetishtirilgan tovuq goʻshti ozuqa mahsuloti sertifikatini qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda Sputnik oʻz manbasiga tayanib.
Kaliforniyada joylashgan Eat Just kompaniyasi texnologiyalari asosida sunʼiy tovuq goʻshti yetishtirildi. Firma endilikda Singapurda ham oʻz filiallarini ochmoqchi. Bu ish amalga oshirilgach, bunday goʻshtga restoranlarda ham buyurtma bersa boʻladi. Aniq muddatlar hozircha aytilmayapti.
Laboratoriyalarda tirik hujayralardan sunʼiy goʻshtni yetishtirishdan maqsad — jonivorlarni oʻldirmasdan turib, goʻsht ishlab-chiqarishni yoʻlga qoʻyishdan iborat.
Oʻtgan yili rossiyalik olimlar yangi tugʻilgan buzoq hujayralaridan sunʼiy goʻsht yetishtirishga muvaffaq boʻlishgani haqida xabarlar berilgan edi. Oʻshanda berilgan prognozlarda sunʼiy goʻshtni sanoat koʻlamlarida 2023-yilga kelib ishlab chiqarish mumkin boʻlishi haqida aytilgan. Ayni vaqtda “insonparvarlik” goʻsht isteʼmolining eng katta kamchiligi bu mahsulot narxi boʻlib qolmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring