Singapur Prezidenti Halima Yaqub xonim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro markazda zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, muhaddislar merosi tadqiq etilayotgani, qisqa vaqt ichida oʻnlab tarixiy kitoblar nashr etilgani haqida maʼlumot berildi.
Muzeydagi tarixiy ashyolar va turli davrlarga oid Qurʼon va boshqa muqaddas kitoblar nusxalari, buyuk muhaddisning hayoti xronologik tartibda ishlangan suratlar mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Singapur Prezidenti Hadis maktabida ham boʻldi va bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilar hamda tinglovchilar bilan suhbatlashdi.
Maktabda hadis ilmini oʻrganayotgan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarga yuqori baho berildi.
Halima Yaqub xonim hadis maktabi tinglovchilari bilan birga suratga tushdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring