“Simob”ning noqonuniy savdosi fosh etildi

18:06 19 Dekabr 2019 Jamiyat
2160 0

Yuqori darajada xavfli hisoblanuvchi simob moddasining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir oʻtkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro S.O. tomonidan shisha idishga joylangan va hech qanday hujjatlari boʻlmagan 700 gr “simob” moddasini 6000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер