Silk Avia mobil ilovasini ishga tushirdi
Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi yoʻlovchilarga chiptalar sotib olish, parvoz holatini kuzatish, onlayn roʻyxatdan oʻtish va boshqa xizmatlarfan foydalanishni osonlashtiradigan mobil ilovani ishga tushirdi.
Shuningdek, keyingi yangilanishda yoʻlovchilar parvozlar haqida bildirishnomalarni oʻrnatishlari va kechikishlar, yoʻlaklar oʻzgarishi va boshqa muhim eʼlonlar haqida soʻnggi maʼlumotlarni olishlari mumkin boʻladi.
Silk Avia mobil ilovasi oʻzbek, rus va ingliz tillarida hozirda rasmiy Google Play ilovalar doʻkonida Android platformasidagi mobil qurilmalar foydalanuvchilari uchun mavjud. Tez orada iOSda ishlovchi qurilmalar uchun ham paydo boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring