Sifatsiz dori sotish javobgarlikka sabab boʻladi

11:32 18 Iyul 2020 Jamiyat
1352 0

Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Dorixonalar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida Sogʻliqni saqlash vazirligini belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik koʻzda tutilgan.

Jumladan, Jinoyat kodeksiga koʻra, ushbu jinoyat uchun jinoyatning ogʻirlik darajasiga qarab 22 mln 300 ming soʻm jarimadan boshlab 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha boʻlgan jazo belgilanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер