Sifatli taʼlim Vatanimiz taraqqiyotiga asosdir

18:22 25 Aprel 2023 Jamiyat
675 0

“Milliy gʻoyasi yoʻq, boʻlsada amal qilmaydigan millatni mavh etish oson kechadi. Zero, milliy gʻoya millatning mustahkam qaʼlasidir. U millatni tashqi taʼsirlardan ham himoya qiladi, Vatan muqaddasligini, ozodlik qadrini, oʻzlikni asrash imkonini beradi”.

Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Rustam Xolmurodovning “Xalq soʻzi” gazetasida eʼlon qilingan “Millat uchun hayot-mamot masalasi” nomli maqolasida milliy gʻoyaning ushbu tahrirda, millat taqdirida tutgan oʻrniga alohida ahamiyat qaratiladi.

Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki yillarida ilgari surilgan, milliy deb nomlangan gʻoyalar koʻzlangan natijani bermadi.
Bu esa nafaqat xalq uchun eng aziz boʻlgan taʼlimning barcha boʻgʻinlarini falajladi, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishiga ham asos boʻla olmadi. Haqiqatdan ham, milliy gʻoya, maqsadlarga yetkazuvchi vosita boʻlgandagina qoʻllaniladi. Tahlil qilinayotgan maqolaning muallifi aynan shunga urgʻu bergan mening nazarimda.

Shu oʻrinda, savol tugʻiladi. Mamlakatning ertangi va bugunini samaradorligini oshirish uchun harakatni qachondan boshlash lozim? Bu savol bugun butun dunyo mamlakatlarini qiynab kelmoqda.

Birgina Vatanimiz miqyosida oladigan boʻlsak, unda tugʻilib voyaga yetayotgan yosh avlodga qay darajada eʼtibor qaratilyapti? Ularga 5-7 yoshlarida zarur boʻladigan bilimlar berilyaptimi?

Taʼlim va tarbiya jarayonlarining ayni maktabgacha taʼlim yoshidan to maktabni tamomlaguniga qadar qamrab olinishi oʻrta maxsus bilimga ega boʻlgan yoshlar uchun bir tomchi suvdek zarurdir. Bu ulkan vazifa topshirilayotgan mutaxassis-oʻqituvchilardan zamonning dolzarb masalalariga befarq boʻlmaslik, ularni mohirona oʻzlashtirish talab etiladi.

Xuddi, bugungi kunda sunʼiy intellekt inson miyasini va uning diqqatini band etganidek millatimizning “Yangi kadrlari” undanda sirlilik va hozirjavoblik bilan yoshlarni oʻziga jalb qilishi zarur. Shundagina biz ogʻishmay oʻz maqsadimizga erisha olamiz.

Yuqorida aytilgan fikrlarning keng mushohadasi Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovning maqolasida oʻzining chuqur tasdigʻini topgan. Vatanimizning jahon hamjamiyatida oʻz oʻrniga ega boʻlishi uchun barchamiz birdek qaygʻurishimiz lozim.

Maqola muallifi fikrlarini befarq qoldirish xalqning oʻz taqdiriga boʻlgan befarqligi, deb bilaman. Taʼlim sohasiga kirib kelayotgan islohotlar negizida oʻz zamonasining ilgʻor kishilarini yetishtirish maqsad qilingan ekan, biz bu gʻoyalarga hamohang tarzda harakatlanib har bir imkoniyatdan unumli foydalanishimiz talab etiladi.

Shohista MAMARAHIMOVA,

Termiz davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер