Si Szinpinning tanqidchisi 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Foto: AP
Xitoyda mamlakat rahbari Si Szinpinning isteʼfosini talab qilgan faol 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Xitoyda fuqarolik huquqlari faoli Syuy Chjiyun Si Szinpinning isteʼfoga chiqishga chaqirganidan keyin qamoqqa olingan. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
Syuy hukumatga putur yetkazishda ayblanib, 14 yilga qamalgan. Manbaga koʻra, u va yana bir faol Dina Szyasi oʻtgan yilning iyun oyida Xitoyda demokratiya oʻrnatish yoʻllari muhokama qilingan yigʻilishda qatnashgani uchun yopiq tarzda sudlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring