Si Szinpin Rimda oʻtkaziladigan G20 sammitida ishtirok etmaydi
Xitoy raisi Si Szinpin Rimda oʻtkaziladigan G20 sammitida ishtirok etmasligi maʼlum qilindi.
“Xitoy diplomatlari G20 rasmiylariga XXR raisi Si Szinpinning bu oy Italiyada boʻlib oʻtadigan sammitda shaxsan qatnashishni rejalashtirmaganini maʼlum qildi”, — deydi rasmiy manbalar. Qayd etilishicha, bu xabar oʻtgan oy G20 elchilarining Florensiyadagi uchrashuvida yetkazilgan.
Agentlik suhbatdoshlarining soʻzlariga koʻra, bunga Xitoydagi COVID-19 ga qarshi kurash choralari, jumladan, mamlakatga qaytayotgan sayohatchilarning majburiy karantindan oʻtishi sabab boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring