Si Szinpin koronavirus epitsentriga keldi
Fotо: iz.ru
Xitoy yetakchisi Si Szinpin epidemiyaga qarshi kurash boʻyicha ishlarni tekshirish uchun yangi koronavirus oʻchogʻiga aylangan Uxan shahriga bordi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
XXR raisi xizmat safari mobaynida COVID-19 ga qarshi kurash va profilaktika boʻyicha chora-tadbirlar bilan tanishadi, shifokorlar, harbiylar, xavfsizlik xizmati xodimlari, bemorlar va mahalliy aholi bilan uchrashadi.
Bu mamlakat rahbarining Uxanga koronavirus paydo boʻlganidan keyingi dastlabki tashrifi.
Taʼkidlanishicha, Uxan shahri koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan Xitoydagi yagona joy boʻlib qolmoqda, mamlakatning boshqa hududlarida aniqlanganlari esa chetdan kirib kelgan.
Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 3136 kishiga yetdi, qariyb 60 nafar odam tuzaldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring