Shvetsiyada 1200 soʻmga jihozlangan kvartira sotib olish mumkin
Shvetsiyaning Sursel shahrida ikki xonali kvartira bir kron yoki 1200 soʻmga sotilmoqda.
“SVT Nyheter” gazetasining yozishicha, ushbu mulkka hozircha qiziqish yoʻq. Maʼlum boʻlishicha, yaqinda yana bir nechta shunga oʻxshash kvartiralar xuddi shunday arzon narxda sotuvga qoʻyiladi. Istalgan inson ushbu kvartiralarning egasi boʻlishi mumkin.
Bunday kutilmagan foydali taklifida hech qanday hiyla yoki aldov yoʻq. Sotuvga qoʻyilgan kvartira uch qavatli binoda joylashgan. U toʻliq jihozlangan. 57,5 kvadrat metr maydonga ega kvartirada oshxona, suv, elektr energiyasi, kanalizatsiya mavjud. Kvartira toza, iliq va shinam. Xoʻsh, unda nima uchun hech kim bu uylarda yashashni xohlamaydi?
"Surselda yashashni xohlaydigan yoshlar juda koʻp, ammo ular kvartiralarga unchalik qiziqishmaydi. Ular ish topishadi va arzon hovlilarni sotib olishadi", deyiladi mahalliy koʻchmas mulk agentligi bergan izohda.
Shahar hokimiyati uylarni muhojirlarga bergan, ammo maktab yoʻqligi sababli ular tezda koʻchib ketishgan.
Hokimiyat narx arzon qilingani uchun kvartiralar sotilishiga umid qilmoqda. Agar uy-joyga qiziquvchilar bir nechta boʻlsa, kim oshdi savdosi oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring