Shveysariya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi
Illyustrativ foto
Yevropa Ittifoqi ortidan Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalar roʻyxatini kengaytirdi. Bu haqda Iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat kotibiyati maʼlum qildi.
Sanksiyalar roʻyxatiga 14 jismoniy va 41 yuridik shaxs kiritilgan boʻlib, Rossiya bilan aloqador uchinchi davlatlarning 100 dan ortiq dengiz kemalari faoliyatiga ham cheklovlar kiritilgan.
Rossiyaga nisbatan yangi cheklov choralari 12-avgust, seshanba kunidan kuchga kirdi.
Shu yilning 18-iyul kuni Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi boʻyicha kelishib olgandi.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Kaya Kallasning soʻzlariga koʻra, cheklovchi choralar roʻyxatiga “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlariga cheklovlar, shuningdek, Rossiya neftiga yangi narx chegarasini joriy etishni oʻz ichiga olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring